» » Habib Nurmagomedov Ramzan Qodirovga minnatdorchilik izhor qildi

Habib Nurmagomedov Ramzan Qodirovga minnatdorchilik izhor qildi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Dog‘istonning Tissi-Axitli qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng aholiga moddiy yordam ko‘rsatgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali minnatdorchilik izhor qildi.

Nurmagomedovning aytishicha, Qodirov Dog‘istonga birinchi marta yordam berayotgani yo‘q.

“Alloh umringizni uzoq qilsin va har bir ishingizda omad tilayman”, — deydi u Checheniston rahbariga.

Sportchi Dog‘iston va Checheniston xalqlari o‘rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini mustahkamlash uchun har kim nimadir qilishi kerak degan fikrni bildirdi.

Tissi-Axitli qishlog‘idagi yong‘in 1-mart kuni kechqurun sodir bo‘lgandi. Natijada 11 ta uy butunligicha yonib kul bo‘ldi. 6 tasi esa qisman zarar ko‘rdi. U yerda 64 nafar kishi yashagan. Jarohat olganlar, vafot etganlar yo‘q.

Qodirov Nurmagomedovning muxlisi hisoblanadi. O‘tgan yilning oktabr oyida Habib Konor Makgregorni mag‘lub etgan edi. Shundan so‘ng Ramzan Qodirov uning otasiga Mercedes avtomashinasini sovg‘a qildi. Irlandiyalik bilan bo‘lib o‘tgan janjal yuzasidan chiqarilgan qarorni esa  “butun Kavkazni xo‘rlash” deb hisoblagan.

Nurmagomedov yengil vazn toifasida UFC chempioni hisoblanadi. 2018-yilning oktabr oyida Makgregorni mag‘lub etgandan so‘ng, uning sekundanti bilan janjallashgandi. Natijada rossiyalik jangchi 9 oyga janglardan diskvalifikatsiya qilindi va 500 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют