» » “Lokomotiv”—“Al-Vahda”. Asosiy tarkiblar ma’lum bo‘ldi

“Lokomotiv”—“Al-Vahda”. Asosiy tarkiblar ma’lum bo‘ldi


Bugun, 4-mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “A” va “B” guruhi jamoalari o‘z ishtiroklarini boshlaydi.

“B” guruhdan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” o‘z maydonida BAAning “Al-Vahda” klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “temiryo‘lchilar” o‘tgan yil aynan shu jamoani 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Ma’lumot uchun, mazkur o‘yin uchun chiptalar ikki xil toifada chiqarilgan. Birinchi toifa chipta narxi 15 ming so‘m. Ikkinchi toifa chiptalar esa 8 ming so‘mdan stadion kassasida sotilmoqda.

OChL

Guruh bahslari

4-mart, dushanba

“B” guruh

“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Anzur Ismoilov, 8. Jamshid Iskandarov, 10. Sardor Mirzayev, 11. Timurxo‘ja Abduxoliqov, 17. Husniddin G‘ofurov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 23. Yovan Jokich, 24. Davronbek Hoshimov, 33. Oleg Zoteyev, 77. Diyorjon Turopov.

Zaxira: 12. Ma’mur Ikromov, 9. Filipp Rayevas, 19. Avazbek O‘lmasaliyev, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 70. Alisher Shog‘ulomov, 71. Arslonmurod Amonov, 88. Igor Yelich.

“Al Vahda”: 1. Muhammad Al Shamsi, 2. Muhammad Bargash, 8. Hamdan Al Kamoli, 37. Ahmad Rashid, 52. Hussayin Abbos, 5. Muhammad Abdulbosit, 23. Rim Chang Vu, 6. Sulton Al Gafri, 46. Mansur Al Xarbi, 42. Leonardo, 11. Sebastyan Talyabue.

Zaxira: 50. Rashid Al Suvaydi, 15. Nosir Abdulxodi, 18. Ahmad Ali, 30. Tariq Al Xodaim, 33. Majid Abdulloh, 77. Halil, 70. Muhammad Rashid.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют