» » Britaniya texnologiyasi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etiladi

Britaniya texnologiyasi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etiladi


2019-yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Buyuk Britaniyaning Crown Agents Limited kompaniyasi o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatni Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Rovshan Izamov va Crown Agents Limited kompaniyasining Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Olga Silvestrova imzoladi.

Imzolash marosimi Toshkentda O‘zbekiston—Britaniya kengashining Savdo va sanoat bo‘yicha bo‘yicha 24-majlisi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Memorandum doirasida tomonlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida Britaniya kompaniyasining ishlanmalari asosida tajribaviy loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ta’kidlash joizki, Crown Agents 1838-yildan buyon Buyuk Britaniyada faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning blokcheyn texnologiyasidan foydalanadigan raqamli platformasi mahsulotni yetkazib berish tortib tovarlarning barcha ta’minot zanjirlarini, xususan, tibbiy mahsulotlar va uskunalarni kuzatish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют