» » Huawei Enterprise MWC 2019 ko‘rgazmasida raqamli platformani taqdim qildi

Huawei Enterprise MWC 2019 ko‘rgazmasida raqamli platformani taqdim qildi


Huawei kompaniyasining korporativ yechimlar yo‘nalishi Barselonadagi Mobile World Congress 2019 doirasida “Mukammal intellektual aloqa dunyosini yaratish” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Kompaniya tomonidan taqdim etilgan bulutli texnologiyalarga asoslangan platforma raqamli o‘zgarishlar davrida turli tashkilotlarga biznes-jarayonlar samaradorligini oshiruvchi axborot-aloqa yechimlarini joriy qilishni yanada takomillashtirishga imkoniyat beradi.

Tadbir davomida Huawei Enterprise yo‘nalishi o‘zining eng ilg‘or yechimlarini va “Raqamli platforma”, “har qanday nuqtadan foydalanish imkoniyati” va “hamma yerda ishlatiladigan intellektual to‘plam va ma'lumotlarni qayta ishlash” ko‘rgazma maydonlarida to‘rtta flagman mahsulotni taqdim etdi. Bundan tashqari, Huawei Enterprise turli sohalarda raqamli o‘zgarishlar bo‘yicha sammit o‘tkazdi, unda logistika, temir yo‘l, moliya, aviatsiya kompaniyalari, shuningdek “aqlli shahar” yo‘nalishi vakillari ham yig‘ilishdi.

Huawei Enterprise raqamli platformasi raqamli dunyo uchun poydevor yaratmoqda

Raqamli transformatsiya jarayonida har xil korxonalar o‘zgarishlar davrida xizmat ko‘rsatish va operatsion samaradorlikni tizimli oshirish, biznes jarayonlar unumdorligini kuchaytirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish uchun ma'lumotlarni birlashtirish yo‘lida to‘siqlarni yengib o‘tish, shuningdek, yangi biznes-modellar va raqobatbardosh takliflarni amalda tatbiq etishga umid bildiradilar.

“Hozirda korxonalar, iqtisodiyot va butun jamiyatning raqamli o‘zgarishi katta imkoniyatlar yaratmoqda va oldimizga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Raqamli transformatsiya sohasida o‘zining o‘n yildan ortiq tajribasiga tayanib, Huawei kompaniyasi ta'kidladiki, raqamlashtirishga faqat raqamli va jismoniy dunyo birlashtirilgan holatdagina erishish mumkin. Ushbu g‘oya asosida biz korxonalar uchun ‘Huawei Digital Platform’ni yo‘lga qo‘ymoqdamiz - bu yangi AKT, jumladan bulut, sun'iy intellekt, internet jihozlari, yirik ma'lumotlar, konvergent aloqa, videolarni gorizontal birlashtirish, shuningdek qurilmalar, periferiya, aloqa va bulutli tizimni vertikal ulashga qodir yagona platformadir.Bu birlashtirilgan, intellektual va qabul qilinuvchi platformadir. Korxonalardan boshlab kichik hamda o‘rta biznes va startaplar bilan yakunlanadigan Huawei Digital Platform platformasi kompaniyalarning kuchayishiga va yangi darajaga chiqishiga, shuningdek yangi texnologiyalarning adaptiv joriy qilish afzalliklaridan foydalanishiga yordam beradi. Huawei Digital Platform raqamli dunyo uchun asosga aylanadi va muvaffaqiyatli ekotizimni yaratadi”, - deydi Huawei Enterprise Business Group bo‘limi prezidenti Yan Lida.

Uchta ko‘rgazma maydoni va to‘rtta flagman yechimlar platforma, aloqa, intellektual yig‘indi va ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini namoyish qiladi.

Barselonadagi Butunjahon mobil kongressda Huawei Enterprise yo‘nalishi “Raqamli platforma”, “har qanday nuqtadan foydalanish imkoniyati” va “hamma yerda ishlatiladigan intellektual to‘plam va ma'lumotlarga qayta ishlash” kabi uchta ko‘rgazma maydonida to‘rtta flagman mahsulotni namoyish qildi. Sun'iy intellekt texnologiyasi asosidagi yechimlar va mahsulotlar singari o‘zining ilg‘or texnologiyalari hamda manfaatli va ishonchli ekotizimlardan tashqari, Huawei Enterprise shahar transport tizimida va chakana savdoda sun'iy intellektdan foydalanish variantlarini taqdim etdi.

Raqamli transformatsiya ilg‘orlari bilan kuchlarni birlashtirib

Huawei Enterprise yo‘nalishi turli sohalarda faoliyat yuritadigan mijozlar va hamkorlarga raqamli transformatsiyalar sohasida ilg‘or ishlanmalari haqida fikr almashishlarini taklif qildi. Ko‘plab fikrlar va ssenariylarni taqdim etgan Huawei Enterprise o‘zining mijozlariga ular raqamli biznes-inqilobning ishtirokchilariga aylanishlari, shuningdek yangicha foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishda ularni ruhlantirish uchun adaptiv va intellektual asosni yaratishda yordam berishga urinmoqda.

Huawei Enterprise davlat sektori, moliyaviy xizmatlar, energetika, transport, sanoat va boshqa sektorlardagi turli sohalarda mukammal intellektual olamni yaratish uchun har bir tashkilotga raqamli texnologiyalardan foydalana olish imkoniyatini taqdim etishga urinmoqda.Ayni paytda Fortune Global 500 ro‘yxatidan 211 ta kompaniya, jumladan birinchi yuztalikdan 48 tasi, dunyo bo‘ylab 700 dan ortiq shaharlar raqamli transformatsiya sohasida Huawei Enterprise yo‘nalishini hamkor sifatida tanlashgan.

Huawei Enterprise ko‘rgazma stendi - c21 va c31 7 Fira Gran Via zalida. Sohalarning raqamli transformatsiyalari haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют