» » Chexiyada 2 ta poyezd to‘qnashib ketdi

Chexiyada 2 ta poyezd to‘qnashib ketdi


Chexiyada ikki poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida olti kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Voqea Ronov-nad-Doubravou shahrida sodir bo‘lgan.

“Ikki poyezd old tarafdan to‘qnashib ketdi. Poyezdlardan birida yo‘lovchilar bor edi”, — deydi Chexiya temir yo‘llari kompaniyasi matbuot kotibi Shtyaglavskiy.

Voqea natijasida olti kishi jarohat olgan. Ulardan biri og‘ir ahvolda kasalxonaga keltirilgan.

Hozirda qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar to‘qnashuv natijalarini tartibga keltirmoqda.

Ekspertlar komissiyasi nega ikki poyezd bir yo‘lakda bir-biriga qarshi kelgani sababini o‘rganmoqda.

“Voqea yuzasidan bir qancha taxminlar bor. Ulardan biriga ko‘ra, poyezdlar temiryo‘l xizmatchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato oqibatida to‘qnashgan”, — deydi Chexiya temir yo‘llari kompaniyasi vakili.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют