» » Qozog‘iston va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qozog‘iston va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 martdagi 3584-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan milliy tashuvchi Uzautotrans Service MChJ va Qozog‘istoning KazAvtoTrans korxonasi “Toshkent—Ostona—Toshkent” yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Mazkur yo‘nalish masofasi 1 646 kilometr bo‘lib, yo‘lovchilar 27 soat 30 daqiqada manziliga yetkaziladi. Yo‘l haqi 312 ming so‘m etib belgilangan. Mazkur yo‘nalishda Qozog‘iston tomonidan VANHOOL O‘zbekiston tomonidan esa zamonaviy YUTONG avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

Ostonadan avtobuslar Qozog‘iston vaqti bilan 15:00, 16:00, 17:00, 18:00 da yo‘lga chiqadi. Toshkentdan esa 12:00, 14:00, 16:00, 18:00 da jo‘nab ketadi. 10-mart kunidan e’tiboran mazkur yo‘nalishda har kuni 1 tadan reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Kelgusida esa qatnovlarni kuniga 4 marotabaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur yo‘nalish bevosita Qozog‘istoning Qarag‘anda shahri orqali o‘tadi. Aynan bu yerda ham yo‘lovchilarni tushirish va olish nazarda tutilgan. Qarag‘anda shahrigacha yo‘lkira narxi 260 ming so‘mni tashkil etadi.

Shu kunga qadar Qozog‘iston Respublikasiga “Toshkent—Chimkent” “Toshkent—Olmaota”, “Toshkent—Qizil O‘rda”, “Toshkent—Turkiston”, “Nukus—Ushkunur”, “Chirchiq—Ushkunur” yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют