» » Pokiston bosh vaziri Nobel mukofotiga nomzod bo‘lishdan bosh tortdi

Pokiston bosh vaziri Nobel mukofotiga nomzod bo‘lishdan bosh tortdi


Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Nobel tinchlik mukofotiga da’vogarlik qilmaydi, deya xabar beradi “TASS”. Bu haqda o‘zining Twitter’da tegishli bayonotni e’lon qilgan.

“Men Nobel Tinchlik mukofotiga loyiq emasman. U Kashmir aholisining istagi bilan uning tegishliligini hal qilgan hamda Hindistonda tinchlik va inson salohiyatini rivojlantirishga yo‘l ochgan insonga berilishi kerak”, — deydi Xon.

1-mart kuni Islomobod Pokiston armiyasi tomonidan ushlangan Hindistonning hibsga olingan uchuvchisini Nyu-Dehliga topshirgan. Pokiston bosh vaziri ekstraditsiya qilinishini “tinchlik harakati” deb atadi. Shundan so‘ng internetda Xon tarafdorlari uni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatish taklifi bilan chiqqan hamda Change.org saytiga petitsiya joylashtirgan.

Unda ta’kidlanishicha, “Bosh vazir Xonning tinchlikni o‘rnatish va mintaqada militarizmga qarshi urinishlari xalqaro e’tirofga va Nobel mukofotiga loyiqdir”. Hozirda petitsiya 325 mingdan ortiq imzo to‘plagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют