» » Bugun APL, La liga va Angliya kubogida o‘yinlar bor. UzReport ikki uchrashuvni jonli translyatsiya qiladi

Bugun APL, La liga va Angliya kubogida o‘yinlar bor. UzReport ikki uchrashuvni jonli translyatsiya qiladi


Futbol bo‘yicha Angliya kubogining chorak final bellashuvlari sabab Premyer-liganing 28-turidan olgan 7 ta uchrashuvni qoldirib turishga to‘g‘ri keldi.

Angliya kubogidan uchirma bo‘lgan olti klub bugun APL doirasida maydonga tushadi. O‘yinlarning barchasi 20:00 da start oladi. UzReport ular orasidan “Everton” — “Vest Bromvich” uchrashuvini ko‘rsatishni rejalashtirgan.

Angliya kubogi o‘yinlarini translyatsiya qilish masalasini O‘zbekiston telekanallari hal qilmagani bois, ular e’tibordan chetda qoladi.

Angliya Premyer-ligasi
28-tur
11-mart, shanba

“Bornmut” — “Vest Hem” — 20:00
“Everton” — “Vest Bromvich” — 20:00
“Xall Siti” — “Suonsi” — 20:00

Angliya kubogi
Chorak final
11-mart, shanba

“Midlsbro” — “Manchester Siti” — 17:15
“Arsenal” — “Lonkoln Siti” — 22:30

Ispaniya La ligasining 27-turi juma kuni start olgan bo‘lib, unda faqatgina 1 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yana 4 tasi bugun o‘tkaziladi. UzReport chempionlikdan umidini uzmagan “Atletiko”ning ligada jon saqlab qolish uchun harakat qilayotgan “Granada”ga qarshi uchrashuvini namoyish etadi.

Ispaniya La ligasi
27-tur
10-mart, juma

Gollar: David Lopes, 1 (1:0). Maurisio Lemos, 31 (1:1). Xerard, 45+1 (2:1). Maurisio Lemos, 49 (2:2). Pablo Pyatti, 53-pen (3:2). Xose Xurado, 74 (4:2). Mateo Garsiya, 84 (4:3).

11-mart, shanba
“Valensiya” — “Sporting” — 17:00
“Sevilya” — “Leganes” — 20:15
“Malaga” — “Alaves” — 22:30
“Granada” — “Atletiko” — 00:45

Опубликовано: admin (11-03-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют