» » Kit Xarington “Taxtlar o‘yini”ning yangi mavsumi haqida gapirib berdi

Kit Xarington “Taxtlar o‘yini”ning yangi mavsumi haqida gapirib berdi


“Taxtlar o‘yini” serialidagi Jon Snou roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Kit Xarington fentezi janridagi saganing bo‘lg‘usi yettinchi mavsumi haqida gapirib berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

U bo‘lajak mavsum avvalgilari orasida eng katta ko‘lamlisi bo‘lishini va barcha kutishlar oqlanishini ta’kidladi.

“Bu mavsumda epizodlar kamroq, shuning uchun yaratuvchilar har bitta seriyaga ko‘proq mablag‘ sarflagan. Shu tufayli ularning sifati oshdi”, — dedi Xarington.

Bundan tashqari, u serialning yakuni yanada ta’sirli bo‘lishiga ishora qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Taxtlar o‘yini” teleserialining Twitter’dagi rasmiy sahifasida uning 7-fasli premyerasi 2017-yil 16-iyulga belgilanganligi ma’lum qilingan edi.

Опубликовано: admin (11-03-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют