» » Putin Uzoq va yaqin masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Putin Uzoq va yaqin masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi


Prezident Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi tomonidan SSSR va AQSh o‘rtasidagi o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini to‘xtatish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Rossiyaning Uzoq va yaqin masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi AQSh tomonidan ushbu shartnomada belgilangan majburiyatlarni buzish holati bartaraf etilgunga qadar yoki yoki uning tugatilishiga qadar davom etadi.

SSSR va AQSh Uzoq va yaqin masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani 1987-yilda imzolagan bo‘lib, shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘rt yilda bajarilgan. 2018-yilda prezident Donald Tramp Rossiyani shartnoma parametrlarini buzishda ayblab, undan chiqishi haqida ma’lum qilgan. Rossiya ham ushbu shartnomadan chiqishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют