» » O‘zbekistonning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari boshlandi

O‘zbekistonning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari boshlandi


Bugun, 11-mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2-martdagi farmoyishi asosida O‘zbekistonda mart—aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi, deb e’lon qilindi. Uning doirasida 11—12-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan O‘zbekistonning barcha hududlarida butun xalqimiz, yoshu qari bahamjihat bo‘lib aholi punktlari, xiyobonlar, ko‘chalar, yo‘llar, ko‘p qavatli uylar atrofi, hovli-joylarni tozalashga kirishdi.

Hasharchilarning sa’y-harakati bilan qabristonlar, muqaddas qadamjolar, tarixiy yodgorliklar atrofi obodonlashtirilmoqda.

Navro‘z bayrami munosabati bilan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan yangi inshootlar, namunaviy uy-joylar qurilishida usta-hunarmandlarga hasharchilar yaqindan ko‘mak bermoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют