» » Soch to‘kilishi va kallik: davolash chorasi bormi?!

Soch to‘kilishi va kallik: davolash chorasi bormi?!


Soch to‘kilishi haqida gap ketganda, ko‘pincha kallik, soch siyraklashishi, haddan ortiq ko‘p sochlarning tushib ketishi yoki butunlay sochdan ayrilish kabilar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Shunday bo‘lsa-da, soch to‘kilishi jarayoni bir nechta turlarga bo‘linadi. Keling, ularga bir nazar tashlaymiz.

Soch umrining o‘rtacha davomiyligi 7 yil bo‘lib, dastlabki bosqichlarda u nozik va ingichka bo‘ladi. Keyinchalik u faol o‘sa boshlaydi va bu davr 2-7 yil davom etadi. Keyin katagen faza, ya’ni to‘kilishga tayyorlanish bosqichi keladi va u 2-4 hafta davom etadi. Va nihoyat, soch to‘kilishi bosqichi keladi, u follikulaning (soch ildizi, soch xaltachasi) chuqur joylashganligiga qarab 3-4 oy davom etadi. Shuning uchun tabiiy to‘kilishdan oshib ketgan soch to‘kilishi kuzatilgan bo‘lsa, unda sababni uch oy oldingi omillardan qidirish kerak.

Alopetsiya (kallik) asosan erkaklarda kuzatilsada, ayollarda tez-tez soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolar uchraydi. Oddiy sochlarning to‘kilishidan alopesiyaning muhim farqi shundaki, soch to‘kilishida soch follikulining patologiyasi kuzatilmaydi. Shuning uchun, sochlarning yo‘qotilishi jarayoni rivojlanganlik bosqichidan qat’iy nazar, har doim tiklanadi. Sochlarning uchi yaqindan tekshirilganda, qoramtir xaltachani ko‘rish mumkin — bu yaxshi belgi emas. Agar sochni tortganda qo‘lda beshdan ortiq soch tolasi qolsa, bu sochlarning to‘kilishi odatdagidan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Minox mutaxassislari sizga alopetsiya bo‘yicha tashxis qo‘yishda bepul maslahatlarini taklif etadi (bog‘lanish raqamlari maqola quyida ko‘rsatib o‘tilgan).

Alopetsiya davri bir nechta bosqichlarga bo‘linadi:

Androgenik Alopetsiya: Bu jarayonda sochlar boshning chekkalari, ya’ni peshona yonlaridan boshlab, markazga qarab kamayib boradi. Chunki, soch siyraklashishi ma’lum bir shaklda amalga oshadi, shu sababdan bu holat shakliy kallik deb ataladi. Bu ayollarga nisbatan erkaklarda ko‘proq uchraydi.

Alopetsiya Areata: Bu jarayon esa kesma soch to‘kilishi deb ataladi. Shakliy kallikga nisbatan kesma kallik boshning turli joylarida paydo bo‘ladi. Kallik joylari ko‘pincha aylana shaklda, turli kattalikda bo‘ladi. U avvaliga bir-ikki nuqtalarda boshlanib, keyinchalik butun boshga tarqaladi.Bunga sabab avtoimmunologik kasallikda bo‘lib, unda immun tizimi sochlarni “dushman” sifatida ko‘radi va ularga hujum qilishi natijasida sochlar to‘kilib tushadi.

Alopetsiya Totalis: Bu alopetsiyaning jiddiy ko‘rinishi bo‘lib, huddi avvalgisi singari immunitetdagi muammolar sababli vujudga keladi. Uning oxirida boshda umuman soch qolmaydi.

Chandiq Alopetsiya: Bu turdagi soch to‘kilishi bosh terisidagi muammolar tufayli yuzaga kelib, follikullarga zarar yetishi oqibatida boshlanadi. Bosh terisida infeksiya bo‘lganda, follikul o‘sishi qiyinlashadi. Bunday kasallikka ega shaxslar boshida qizil yoki kal chandiqlarga paydo bo‘ladi.

Tortishuvchi Alopetsiya: Boshqa alopetsiya turlaridan farqli ravishda (gen bilan bog‘liq va tabiiy faktorlar tufayli), bu turda jarayon o‘z-o‘zidan kelib chiqadi va ko‘proq ayollarda uchraydi. Uning asosiy sababi sochlarni doimiy va keskin tortish hisoblanadi va natijada follikulga jiddiy bosim tushadi. Turli soch turmaklarini qo‘llash, sochni isitish vositalaridan foydalanish ham soch ildizini bosh terisiga ulangan qismidan uzilib tushishiga olib keladi va bu o‘sha hududlarda kallikni vujudga keltiradi.

Majburiy Alopetsiya: Bu holat tibbiy sharoitlar (kasallik yoki genlar) bilan bog‘liq emas. U soch o‘sish siklida yuz beradi. Telogen deb ataluvchi soch o‘sishi davrida yuz beruvchi alopetsiya sababini aniqlash nihoyatda murrakkab bo‘lgan so‘ch to‘kilishi turlaridan biri hisoblanadi. Gormonlarda balans yo‘qolishi, ayollarda homila paytida, stres, no‘tog‘ri diyeta qilish kabi sharoitlarda yuzaga keladi.

Minox 5 – kuchli ta’sir etuvchi losyon-sprey, erkaklarda soch to‘kilishi natijasida yo‘qolgan sochlarning to‘kilishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan. Erkaklar uchun Minox boshning orqa qismida (tepasida) soch to‘kilganda, ayollar uchun – o‘rtadagi soch orasi sohasida soch to‘kilganda eng samarali bo‘ladi. Shuningdek, bemorning yoshiga (40 yoshgacha) va uning kasalligi uzoqligiga bog‘liq bo‘lishi ham kuzatiladi: kasallikning davomiyligi 3-5 yil bo‘lganda eng yaxshi ta’sir etadi; kasallikning davomiyligi 10 yoshgacha bo‘lgan bemorlarning ko‘p qismida, hamda bosh tepasi sohasida, 10 sm dan oshmagan o‘lchamdagi soch to‘kilgan joyi bo‘lib, soch to‘kilgan joyining markazida 100 tukli va terminal sochlar bo‘lganda ijobiy ta’sir kuzatilgan. 10-12 yil davomidagi alopetsiyadan keyin shikastlangan uchastkalarda sochlarni o‘stirishi mumkin bo‘lgan yashovchan follikulalar deyarli qolmaydi, shuning uchun minoxning samarasi pasayadi. Qo‘llashning boshlanishida soch to‘kilishi kuchayishi mumkin – bu minox ta’sirining birinchi belgilaridan. Bu vaqtincha holat davolash boshlanganidan keyin 2-6 hafta o‘tganda kuzatiladi va asta-sekin, 2 hafta davomida to‘xtaydi. Minox follikuldagi metabolizmni tezlashtiraditelogen bosqichini kamaytiradi, soch osishi bosqichi yaqinlashadi va uzayadi (bu vaqtincha holat).

Minox tomonidan taqdim etilgan preparatlar soch to‘kilishidan aziyat chekayotgan ko‘pchilikka yordam bermoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook, Odnoklassniki, Instagram, Telegram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют