» » Prezident portali orqali tuhmat qilgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi

Prezident portali orqali tuhmat qilgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi


2018-yilning 8-dekabr kuni O‘lmas O‘sarov O‘zbekiston Prezidentining “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilgan. O‘sarov o‘z murojaatida Respublika inkassatsiya xizmati Davlat unitar korxonasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i ishga qabul qilish evaziga 2000 dollar hamda Bulung‘ur tuman IIB YoXB rahbari ishga kirish uchun 500 dollar talab qilayotganligini aytgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, O‘lmas O‘sarov g‘arazgo‘ylik va past niyatda inkassatsiya xizmati Davlat unitar korxonasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Muxtarov va Bulung‘ur tuman IIB YoXB boshlig‘i Farhod Ubayevni sharmanda qiladigan uydirma tarqatgan. Aniqrog‘i, Jahongir Muxtarov va Farhod Ubayevlarni mansabdor shaxs sifatida pora so‘raganlikda ayblab, tuhmat qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudida O‘lmas O‘sarovning jinoyat ishi bo‘yicha sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Sud majlisida O‘sarov o‘z aybiga qisman iqrorlik bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, u 2004-yilda Bulung‘ur tuman IIB YoXBda o‘t o‘chiruvchi vazifasida ishlab, 2006-yilda o‘zining arizasi asosida ishdan bo‘shagan. Shundan so‘ng u 2009-yil fevral oyida Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasining Samarqand viloyat boshqarmasiga pul yig‘uvchi vazifasiga ishga kirgan. U yerda ishlab yurib 2011-yilning iyun oyida oilaviy sharoiti tufayli o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. So‘ng 2011-yilning avgust oyida Rossiyaga ishlash uchun borib, 2017-yilning mart oyida O‘zbekistonga qaytib kelgan.

O‘lmas O‘sarovning sudda bayon etishicha, 2018-yilning noyabr oylarida u ishga kirish maqsadida Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasining Samarqand viloyat boshqarmasiga borgan. U yerga borib xodimlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxasis Maxfura Mirzayevaga uchrashgan. Mirzayeva unga hozirda bo‘sh o‘rin yo‘qligini aytgan. Shundan so‘ng u shu yerdagi odamlardan ishga kirish uchun kim bilan gaplashish va murojaat qilish kerakligini so‘ragan. Unga notanish fuqaro 2000 dollar bersa ishga kirgazsa kerak degan. Lekin undan Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Jahongir Muxtarov hamda ushbu tashkilotda xodimlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxasis vazifasida ishlovchi Maxfura Mirzayevalar ishga kirishi uchun pul so‘ramagan.

O‘lmas O‘sarovning u yerdan chiqib Bulung‘ur tuman IIB Yong‘in xavsizligi bo‘limiga borgan. U yerdagi xodimlarga uchrashib, ishga kirmoqchiligini bildirgan. Tuman IIB Yong‘in xavsizligi bo‘limi xodimlari ham hozirda bo‘sh ish o‘rni yo‘qligini aytganidan so‘ng O‘sarov shu yerdagi odamlardan ishga kirish uchun kimga uchrashish kerakligini so‘ragan. Unga notanish fuqaro YoXB bo‘limiga kirishi uchun 500 dollar xarajat qilishi kerakligini bildirgan. Lekin undan Yong‘in xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i va u yerda ishlovchi xodimlar pul so‘ramagan.

Sud jarayonida aniqlik kiritilishicha, O‘lmas O‘sarov oradan ikki hafta o‘tganidan so‘ng o‘zining qo‘l telefoni orqali Prezident virtual qabulxonasining 1000 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan. Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilish orqali ishga kirishni maqsad qilgan O‘sarov Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasining Samarqand viloyat boshqarmasiga ishga kirishi uchun 2000 dollar hamda Samarqand viloyat IIB Yong‘in xavfsizlik boshqarmasiga ishga kirishi uchun 500 dollar so‘rayapti deb aytgan.

Sudda olib borilgan so‘roq ishlari va to‘plangan hujjatlar asosida O‘lmas O‘sarovdan hech kim ishga kirishi uchun pul so‘ramaganligi oydinlashdi.

Sudlanuvchi O‘lmas O‘sarovning aybi sudda so‘ralgan jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rgazmalari hamda ish hujjatlarida mavjud bo‘lgan inkor etib bo‘lmaydigan dalillar asosida to‘liq isbotlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining sudyasi Farhod Xudayberdiyev raisligida o‘tgan sud majlisida Prezident virtual qabulxonasi orqali mansabdor shaxslarga tuhmat qilgan O‘lmas O‘sarov ustidan hukm e’lon qilindi. Sud hukmiga ko‘ra O‘lmas O‘sarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismining “a, g” bandlari bilan aybli deb topilib bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют