» » Qashqadaryoda 2 yil davomida xodimlariga ish haqi, ustama va mukofot bermayotgan korxona rahbariyati sudga berildi

Qashqadaryoda 2 yil davomida xodimlariga ish haqi, ustama va mukofot bermayotgan korxona rahbariyati sudga berildi


Yakkabog‘ tuman Adliya bo‘limiga “O‘zbekgeofizika” ekspeditsiyasiga qarashli “Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” xodimlari shikoyat qilgan. Murojaatga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 2018–2019-yillar davomida korxona xodimlarining oylik ish haqlari, ustama hamda mukofot pullari to‘lab berilmayotgani aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tuman Adliya bo‘limi aralashuvi bilan 2019-yil 11-fevral kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizalari kiritilgan. “Da’vo Sud tomonidan ko‘rib chiqilib, 23-fevral kuni qanoatlantirildi hamda korxona ishchi xodimlarining jami 108 million 350 ming so‘m mablag‘lari undirilishi to‘g‘risida sud qarori chiqarildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, tuman Adliya bo‘limi tomonidan “Toza hudud” DUK Yakkabog‘ tuman filialining 10 nafar xodimining ish haqlari hisoblanganligi, lekin bugunga qadar to‘lab berilmaganligi holati yuzasidan korxonaga kiritilgan taqdimnomaga asosan jami 9 million 784 ming 532 so‘m ish haqlari to‘liq undirib berilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning fevral oyida fuqarolar Yakkabog‘ tumani “Ulamji” mahallada yashovchi To‘xtamurod Mavlonov va “Oqtosh” mahalla “Istiqlol” ko‘chasi 13-uyda yashovchi Hafiza Azizovalarning tuman adliya bo‘limiga qilgan murojaatlari asosida o‘rganilganda Mavlonovga Yakkabog‘ “Oq oltin” paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2015-yil nafaqaga chiqqandan buyon, Azizova esa marhum qaynotasiga tegishli dividend pullarini 2016-yil vafot etganidan buyon to‘lab bermay kelayotganligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan kiritilgan taqdimnomaga asosan jami 655 477 dividend pullari to‘liq to‘lab berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют