» » Prokuratura o‘zini osib qo‘ygan Farg‘ona Politexnika instituti talabasi haqida axborot berdi

Prokuratura o‘zini osib qo‘ygan Farg‘ona Politexnika instituti talabasi haqida axborot berdi


Farg‘ona viloyati prokuraturasi o‘zini osib qo‘ygan Farg‘ona Politexnika instituti talabasi bilan bog‘liq holat yuzasidan “Daryo”ga rasmiy axborot berdi.

Farg‘ona shahar IIO FMB navbatchilik qismining joriy yil 4-mart kuni soat 07.30 da Farg‘ona shahar prokuraturasiga bergan xabariga ko‘ra, Farg‘ona politexnika instituti 2-kurs talabasi O‘zbekiston tumani Qirqketmon MFY Qumbosti qishlog‘ida yashagan 1995-yil 12-martda tug‘ilgan N.I. Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 124-sonli ko‘p qavatli uy ro‘parasidagi tomorqadagi o‘rik daraxtiga arqondan sirtmoq yasab o‘zini o‘zi osib vafot etgan. Mazkur xabarga asosan hodisa joyi Farg‘ona shahar prokuraturasi va IIBning tezkor tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Aniqlanishicha marhum N.I.ning murdasi bo‘yin qismida strangulyatsion egat bo‘lib, boshqa tan jarohatlari bo‘lmagan.

Shuningdek, uning o‘limi sabablari va vaqtini aniqlash maqsadida sud ma’lumotnomasida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Sud-tibbiy ekpertizasining dastlabki ma’lumotnomasida N.I.ning o‘limiga bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют