» » Anvarjon Otaxo‘jayev Chortoq tumani hokimi etib tayinlandi

Anvarjon Otaxo‘jayev Chortoq tumani hokimi etib tayinlandi


Namanganda xalq deputatlari Chortoq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Anvarjon Otaxo‘jayev Chortoq tumani hokimi etib tayinlandi.

Anvarjon Otaxo‘jayev 1972-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Shu kungacha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifi davomida Chortoq tumani hokimi Oybek Haydarov vazifasidan ozod etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют