» » Jeff Bezos Forbes’ning eng boy odamlar ro‘yxatida qoldi

Jeff Bezos Forbes’ning eng boy odamlar ro‘yxatida qoldi


Amazon va Blue Origin kosmik kompaniyasi asoschisi va ayni paytda The Washington Post nashri egasi bo‘lgan 55 yoshli amerikalik milliarder Jeff Bezos Forbes jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida qoldi, deya xabar beradi “Liga Novosti”.

Jurnalning ma’lumotlariga ko‘ra, Bezosning boyligi yil davomida 19 milliard dollarga ko‘paygan va bugungi kunda 131 milliard dollarni tashkil qilgan.

O‘tgan yili Bezos Forbesning 100 milliard dollar yoki undan ortiq mablag‘i bo‘lgan milliarderlar ro‘yxatiga boshchilik qilgan. O‘tgan avgust oyida Amazon’ning aksiyalari 2012 dollarga tushganiga qaramay, hali ham qimmat sanaladi.

“Endi katta masala — ushbu davlatni kelgusi ajralish haqidagi xabardan keyin saqlab qolishdir?”, — deb yozadi jurnal.

Yil boshida Bezosning 48 yoshli Makkenzi Bezos bilan ajralishi ma’lum bo‘lgan. National Enquirer uning xotiniga Loren Sanches bilan xiyonat qilgani haqida yozgan. Bezosning o‘zi ushbu xabarlarga izoh bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют