» » “Real” “Ayaks”ga yirik hisobda yutqazib, Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi (video)

“Real” “Ayaks”ga yirik hisobda yutqazib, Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi (video)


5-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki 2 ta javob uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.

Lyusyen Favr boshqaruvidagi “Borussiya Dortmund” klubi o‘z maydonida Maurisio Pochettino boshliq Londonning “Tottenhem” jamoasi bilan musobaqa chorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida Harri Keyn tomonidan urilgan gol “shporlar”ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa London klubi “Borussiya Dortmund”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobqaning 1/4 finaliga chiqdi.

Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da Amsterdamning “Ayaks” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 7-daqiqasida “Ayaks” a’zosi Hakim Ziyosh hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib, David Neres hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Ikkala golga ham Dushan Tadich assistentlik qildi. 29-daqiqada Lukas Vaskes jarohat oldi va o‘rniga Garet Beyl zaxiradan maydonga tushdi. 35-daqiqada esa “Qirollik klubi”ning yana bir o‘yinchisi Vinisius Junior jarohat olib, o‘rnini Marko Asensioga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

2-bo‘limning 62-daqiqasida Dushan Tadich hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, 70-daqiqada Marko Asensio hisobni qisqartirdi (3:1). Oradan ikki daqiqa o‘tib Lasse Shyone jarima zarbasidan Tibo Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi (4:1).

90+3-daqiqada esa Nacho Fernandes qo‘polligi sabab hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylandi.

Shu tariqa Madrid klubi o‘z maydonida “Ayaks”ga yirik 1:4 hisobida (umumiy hisob 3:5) mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi yurishi to‘xtatdi.

YChL

1/8 final bahslari

5-mart, seshanba

Gol: 0:1 — 49 Keyn

Gollar: 0:1 — 7 Ziyosh, 0:2 — 18 Neres, 0:3 — 62 Tadich, 1:3 — 70 Asensio, 1:4 — 72 Shyone

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют