» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda hukumatni shakllantirish tartibiga doir qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda hukumatni shakllantirish tartibiga doir qonunni imzoladi


Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ni imzoladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Ushbu qonun hukumat ishini tashkil etishni tubdan yaxshilash, ijro hokimiyati organlarining bugungi kun talabiga javob beradigan, sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirishga qaratilgan.

Joriy yilning 1-aprel sanasidan kuchga kiradigan mazkur qonunga binoan, Vazirlar Mahkamasi a’zolari nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilib, ma’qullanganidan keyingina Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanish tartibi joriy etilmoqda.

Shuningdek, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishishga hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligiga asoslangan holda baholash tizimi yaratiladi.

Unga ko‘ra, Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishi yuzasidan har chorak yakuni bilan hisobot taqdim etib borishlari to‘g‘risidagi tartib o‘rnatilyapti.

Qonun bilan Konstitutsiya, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida” va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют