» » Surxondaryoda Milliy gvardiya, ichki ishlar va chegara qo‘shinlariga ishga joylashni va’da qilgan “DXX xodimlari” ushlandi

Surxondaryoda Milliy gvardiya, ichki ishlar va chegara qo‘shinlariga ishga joylashni va’da qilgan “DXX xodimlari” ushlandi


Firibgarlik harakatlari uchun muqaddam sudlangan Jonibek Azimov va Nurali Xudoyberdiyevning oxirgi ovi baroridan kelmadi. Ular Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Mazkur shaxslar o‘zlarini go‘yoki Davlat xavfsizlik xizmati idoralarida ishlayman deya tanishtirib, sodda odamlarning ishonchiga kirib, ularning farzandlarini oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritish, muddatli harbiy xizmatga yuborish va huquq-tartibot idoralariga ishga joylashtirishni va’da qilib, ulardan pul talab qilib kelgan.

Lekin bu kimsalarning keyingi firibi ish bermadi. Bu gal ular yana bir fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritish evaziga Termiz shahrida 2 ,2 million so‘mni olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, J.Azimov va N.Xudoyberdiyev ushbu shaxsni ishga joylash bahonasi bilan muqaddam undan 3900 AQSh dollari ham undirgan.

Bundan tashqari, yana bir fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga kiritishni va’da qilib, undan 3300 AQSh dollari miqdorida pul olishgan.

Shuningdek, boshqa bir fuqaroning farzandini DXX Chegara qo‘shinlariga harbiy xizmatga kiritishni va’da qilib, undan 3 ming AQSh dollari va 6 ,6 million so‘m olishgan.

Tergovoldi surishtiruv ishlari davomida Nurali Xudoyberdiyevning yashash joyi ko‘zdan kechirilganda soxta hujjatlar, blankalar hamda harbiy kiyim topildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют