» » Foto: Qohirada fir’avn Ramzes II ning 8 metrli haykali topildi

Foto: Qohirada fir’avn Ramzes II ning 8 metrli haykali topildi


Arxeologlar Qohiraning sharqiy qismida fir’avn Ramzes II ning kvarsitdan yasalgan 8 metrli haykalini topdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Misr qadimiy ashyolar vazirligi haykalni “tarixdagi eng muhim topilma” deb atamoqda. Faqat byust va boshning bir qismi qolgan haykal ko‘hna Geliopolis shahri (hozirda Qohiraning bir qismi)dagi Ramzes II ibodatxonasi vayronalari yaqinidan, yerosti suvlaridan topildi.

Ma’lumot uchun, Ramzes II Misrda miloddan avvalgi 1279-yildan 1213-yilgacha hukm surgan. U Misrning eng buyuk fir’avnlaridan biri sanaladi. Uning Suriya va Nubiya (hozirgi Sudanning shimoliy qismlari)ga uyushtirgan muvaffaqiyatlari yurishlari sabab Qadimgi Misr hududlari sezilarli kengaygan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют