» » O‘zbekistonda hibsxonalar va ma’muriy qamoqda bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda hibsxonalar va ma’muriy qamoqda bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi


Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslarga davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxslarga statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan hollarda ularga davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Shunga ko‘ra, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxs muassasa tibbiyot xodimlariga kameralarni har kungi ko‘zdan kechirish vaqtida, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda esa, istalgan xodimga tibbiy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin. Bunda shaxsga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishi shart.

Tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘shimcha tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilishi mumkin.

Shifokor shaxsga statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilganda, u shaxsni davlat sog‘liqni saqlash muassasasining maxsus xonasiga joylashtirish choralarini ko‘radi.

Maxsus xona nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi va tegishli jihozlar, buyum va ashyolar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Shaxsni tibbiy ko‘rikdan, shuningdek diagnostika va davolash standartlari asosida instrumental va laborator tekshiruvlardan o‘tkazish hamda davlat sog‘liqni saqlash muassasasining maxsus xonasida tibbiy yordam ko‘rsatish ichki ishlar organlari xodimlari nazorati ostida amalga oshirilishi shart.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют