» » Shavkat Mirziyoyev: Menga do‘st bo‘lishni istasangiz maktabgacha ta’limga e’tibor bering

Shavkat Mirziyoyev: Menga do‘st bo‘lishni istasangiz maktabgacha ta’limga e’tibor bering


Namanganning chekka qishlog‘ida qurib bitkazilgan bolalar bog‘chasidagi sharoit hatto Toshkentda ham yo‘q. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Namanganda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

— Sohamizga metsenatlik, ya’ni beg‘araz homiylikning ilk ko‘rinishlariga Namanganda guvoh bo‘ldik. Art Soft Tex Group Yangiqo‘rg‘on tumanining Nanay qishlog‘ida qurib bitkazgan 100 o‘rinli bog‘chadagi sharoitlar hatto Toshkentda ham yo‘q. Korxona ushbu muassasani vazirligimizga sovg‘a qildi. Yana Uztex Group ham Uchqo‘rg‘on va Norinda bog‘cha qurib, ixtiyorimizga topshirdi, — dedi vazir.

Hozirda Namanganda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish 36 foizni tashkil etadi. Davlat rahbari bu ko‘rsatkichni 2 yilda 61 foizga yetkazish, viloyatdagi kollejlar ixtiyorida bo‘lgan 26 ta yotoqxonani bog‘chalar uchun ajratishga ko‘rsatma berdi.

— Shunday tadbirkorlardan 50 nafar bo‘lsa hokimda muammo qolmaydi: yo‘l ham, maktab ham, kasalxona ham, bog‘cha ham bo‘ladi. Menga do‘st bo‘lishni istasangiz maktabgacha ta’limni rivojlantirishga e’tibor bering, — dedi davlat rahbari.

Faollar yig‘ilishida ishtirok etayotgan tadbirkorlardan biri shu yerning o‘zida shaxsiy mablag‘lari hisobidan bog‘cha qurib berish istagini bildirdi. Prezident unga Namanganda yod yetishmovchiligi muammosi, buqoq kasalliklari keng tarqalganini inobatga olib, endokrinologiya kasalxonasi qurishni tavsiya qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют