» » Maykl Blumberg AQSh prezidentligiga nomzodlik qilmaydigan bo‘ldi

Maykl Blumberg AQSh prezidentligiga nomzodlik qilmaydigan bo‘ldi


Nyu-Yorkning sobiq meri va Bloomberg axborot agentligi asoschisi Maykl Blumberg 2020-yilda AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Bloomberg saytida e’lon qilgan bayonotida ko‘pchilik uni prezidentlik kampaniyasida ishtirok etishga chaqirganini qayd etgan. Shu bilan birga, uning aytishicha, ayrimlar so‘rovnomaga mos kelish uchun o‘z nuqtayi nazarini o‘zgartirishga chaqirgan, ammo Blumberg nimaga ishonishni har doim o‘zi hal qilganini ta’kidlagan.

“Saylovoldi kampaniyada g‘olib bo‘lish uchun nima qilish kerakligini bilaman. Biz mamlakat sifatida yanada yaxshiroq natijalarga erisha olamizni bilaman va ovoz berishda Donald Trampdan g‘olib kelishimga ishonaman”, — degan Blumberg.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, nomzodlar sonini hisobga olgan holda Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lish qanchalik qiyinligini ham tushunadi.

Demokratlar partiyasi Donald Trampni yana to‘rt yil boshqarishga yo‘l qo‘ymasdan uni mag‘lub etadigan nomzodni ko‘rsatishi kerakligini ta’kidlagan.

Maykl Blumbergning so‘zlariga ko‘ra, uning qaroriga kelgusi ikki yil ichida mamlakatdagi milliy muammolar yanada keskinlashib ketishi mumkinligi ta’sir qilgan. U qo‘l qovushtirib o‘tirolmasligini, rivojlanishga yordam beruvchi yagona umidni Vashingtondan tashqarida amalga oshirish mumkinligini, prezidentlik kampaniyasida ishtirok etish esa bu boradagi ishlarni amalga oshirishiga halal berishini aytgan.

U misol tariqasida AQShning neft va gaz iqtisodiyotidan 100 foiz ekologik toza energiya ishlab chiquvchi iqtisodiyotga o‘tishiga yordam beruvchi Beyond Carbon loyihasi bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

“Prezident bo‘lish katta iftixor bo‘lsa ham, lekin mening fuqaro sifatida asosiy burchim hozirgi kunda mamlakatga yordam berishdir”, — degan u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют