» » O‘zbekistonda jurnalistlarning davlat tashkilotlaridan ma’lumot olishdagi to‘siqlari bartaraf etiladi

O‘zbekistonda jurnalistlarning davlat tashkilotlaridan ma’lumot olishdagi to‘siqlari bartaraf etiladi


5-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida jurnalistika sohasiga oid huquqiy-normativ aktlarga o‘zgartirish kiritish orqali ularni takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi davra suhbati muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Tadbirda jurnalistika sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, elektron va bosma OAV bosh muharrirlari, huquqshunoslar, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida davlat organlarining OAV so‘rovnomasiga ko‘ra talab qilingan axborot bilan ta’minlashga javob beradigan qonunchilik mexanizmini takomillashtirish kerakligi aytildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov matbuot xizmatlari talab darajasida ishlamayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, jurnalistlarning umummilliy guvohnomasini joriy etish, media-ombudsman instituti faoliyatini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют