» » Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi


9-mart, shanba kuni professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (1 ta g‘alaba, 1 nokaut) professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.

Madrimov Nyu-Yorkdagi Verona shaharchasida joylashgan “Turning Stone Resort & Casino” arenasida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qiladi. Unga bu jangda venesuelalik Frenk Roxas (24 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat) raqiblik qiladi.

Mazkur jang AQShda DAZN internet platformasi orqali translyatsiya qilinsa, Britaniyada Sky Sports telekanali orqali namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov WBA Intercontinental kamari sohibi sanaladi. U 2018-yilning 24-noyabr kuni debyut jangidayoq meksikalik Vladimir Ernandesni (10 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat) oltinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. Ayni vaqtda Isroil WBA reytingida 9-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют