» » Abdulaziz Komilov Estoniyaning yangi elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Estoniyaning yangi elchisini qabul qildi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Estoniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Riga shahrida) etib tayinlangan Arti Xilpusni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini ushbu tayinlov munosabati bilan qutladi va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatiga samaradorlik va muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash imkonini beruvchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

Elchi Arti Xilpus qator vazirliklar va idoralarda o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari hamda ushbu uchrashuvlarda O‘zbekiston—Estoniya munosabatlarini mustahkamlashning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Suhbat yakunida elchi mazkur lavozimga tayinlanganini mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilish yo‘lida qabul qilganligini bildirdi va buning uchun o‘zining bor tajribasidan foydalanishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют