» » Bosh prokuratura Otabek Murodov ishdan olinganini rad etdi

Bosh prokuratura Otabek Murodov ishdan olinganini rad etdi


O‘zbekiston Bosh prokuroraturasi Otabek Murodov lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

“Bu xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bosh prokuror Otabek Murodov rahbarligida doimgidek faoliyat ketmoqda. Hech bir uydirma gapga o‘rin yo‘q!” – dedi Surayyo Rahmonova.

Bundan avval, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning iste’foga chiqarilgani va uning o‘rniga Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют