» » Navoiyda ov qurolidan qarindoshini otib qo‘ygan bolaning otasi javobgarlikka tortildi

Navoiyda ov qurolidan qarindoshini otib qo‘ygan bolaning otasi javobgarlikka tortildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudining sayyor ochiq sud majlisida sudlanuvchi Qudrat Jumayevga oid amaliyotda juda kam uchraydigan Jinoyat Kodeksining 249-moddasi, ya’ni ov qurolini beparvolik bilan saqlash, odam o‘limiga olib kelgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi raisi Zafar Ibragimov ma’lum qildi.

Ish holatlariga ko‘ra, sudlanuvchi Qudrat Jumayev 2010-yildan ovchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, o‘ziga tegishli bo‘lgan “B” rusumli, 2 millimetrlik, 16 kalibrli ov qurolini, qonunda belgilangan tartibda saqlash qoidalariga rioya qilmasdan, beparvolik bilan o‘zining yashash xonadoni yotoqxonasida joylashgan divan ostida saqlab kelgan.

2019-yil 11-yanvar kuni soat 19:00 larda Qudrat Jumayevning voyaga yetmagan o‘g‘li O.B. divan ostida turgan ov qurolini o‘yinchoq qilib, jangovar holatga keltirgan. Qarindoshi voyaga yetmagan Sh.X. bilan ov qurolini bir-biriga tortgan vaqtida quroldan o‘q otilib ketgan. Oqibatda o‘q droplari voyaga yetmagan Sh.X.ning yuz sohasiga tegib Sh.X. voqea joyida vafot etgan.

Sud ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, dalillarga baho berib, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini inobatga olib, sudlanuvchi Qudrat Jumayevga nisbatan jinoyat qonunchiligida belgilangan tartibda jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют