» » O‘zbekistonda sportning texnik-amaliy turlari bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari ham OTMlarga test sinovlarisiz kiradigan bo‘ldi

O‘zbekistonda sportning texnik-amaliy turlari bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari ham OTMlarga test sinovlarisiz kiradigan bo‘ldi


Hukumat qarori bilan хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, sportning texnik va amaliy turlari, avtomobil va mototsikl sporti, aviamodel va raketamodel bo‘yicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Ilgari bu imtiyoz faqat sportning olimpiya turlari, kurash, shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqa g‘oliblariga berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют