» » “Manchester Yunayted” PSJni tor-mor qilib, Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi (video)

“Manchester Yunayted” PSJni tor-mor qilib, Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi (video)


6-mart, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining navbatdagi 2 ta javob uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur bosqichning markaziy o‘yinlaridan biri Parij shahrida joylashgan “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Tomas Tuxel boshqaruvidagi PSJ klubi Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Romelu Lukaku hisobni ochgan bo‘lsa, 12-daqiqaga kelib Xuan Bernat Kilian Mbappening uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi (1:1). 30-daqiqada esa Romelu Lukaku “mankunianlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi va dublga erishdi (2:1). 36-daqiqada himoyachi Erik Bayi Marko Verratti bilan yuz bergan to‘qnashuvda jarohat oldi va o‘rnini Diogo Dalotga bo‘shatib berdi.

2-bo‘limning 70-daqiqasida Yulian Draksler jarohat oldi va uning o‘rniga maydonga Tomas Menye maydonga tushdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida (90+3) Damir Skomina VAR tizimi orqali Janluiji Buffon darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi va undan Markus Reshford unumli foydalanib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari safarda PSJni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Umumiy hisob durang bilan yakunlandi, biroq mehmonda urilgan gollar evaziga Angliya klubi musobaqaning 1/4 finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Italiyaning “Roma” klubi esa safarda Portugaliyaning “Portu” jamoasi bilan musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Bellashuvning 26-daqiqasida Soaresh hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib Daniyele De Rossi penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi (1:1). 52-daqiqada esa Portugaliya klubi hujumchisi Mussa Marega jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘yinning asosiy vaqti 2:1 hisobida yakunlandi.

Dastlabki to‘qnashuvda rimliklar portuliklarni mazkur hisobda mag‘lub etganliklari sabab jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarda ham o‘ynashga majbur bo‘ldi.

Qo‘shimcha bo‘limning 117-daqiqasida VAR tizimi orqali “Roma” darvozasiga penalty belgilandi. Undan Aleks Telles darvozani aniq nishonga oldi va o‘yinga nuqta qo‘ydi (3:1).

Shu tariqa “Portu” klubi o‘z maydonida “Roma” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (umumiy hisob — 4:3).

YChL

1/8 final bahslari

6-mart, chorshanba

Gollar: 0:1 — 2 Lukaku, 1:1 — 12 Bernat, 1:2 — 30 Lukaku, 1:3 — 90+4, penalti, Reshford

Gollar: 1:0 — 26 Soaresh, 1:1 — 37, penalti, De Rossi, 2:1 — 52 Marega, 3:1 — 117, penalti, Telles

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют