» » O‘zbekiston brendi Malayziyada targ‘ib qilinmoqda (foto)

O‘zbekiston brendi Malayziyada targ‘ib qilinmoqda (foto)


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosida doirasida mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilish yo‘nalishida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va xorijdagi vatandoshlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qo‘mita vakillari hamda Malayziyadagi bir guruh vatandoshlar o‘rtasida Malayziyaning bir nechta shaharlarida targ‘ibot ishlarini tashkil etishga kelishib olingan edi. Bugun esa Kuala - Lumpur shahrida birinchi targ‘ibot ishlariga start berildi. Targ‘ibot ishlari davomida avtomashinalarga yorliqlar yopishtirildi va O‘zbekiston turizm salohiyati haqida ma’lumot beradigan materiallar tarqatildi.

“Men Malayziyada marketing yo‘nalishida o‘z faoliyatimni olib boraman. Yurtimiz turizm sohasidagi islohotlarga befarq bo‘lmasdan shu yerda turub ham o‘z hissamni qo‘shish niyatida edim. Qo‘mita vakillari tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyatini biz orqali targ‘ib qilish bo‘yicha taklif bildirilgandan so‘ng o‘z imkoniyatlarimizni o‘rganib chiqdik va avtomashinalarimizga yorliqlarini joylashtirish hamda targ‘ibot vositalarini tarqatishga kelishib oldik. Qo‘mita vakillari biz so‘ragan targ‘ibot materiallarini o‘z vaqtida yetkazib berishdi va biz targ‘ibotni boshladik. Shu orqali yurtimizga foydamiz tegsa xursand bo‘lamiz”, – deydi martketolog Islombek Ibragimov.

“Shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar diqqatiga: agarda sizda ham O‘zbekistonning turizm brendini targ‘ib qilish yuzasidan tashabbus va takliflar bo‘lsa, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Jamoat tashkilotlari va chet eldagi diasporalar bilan ishlash boshqarmasiga quyidagi elektron pochta orqali xabar berishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi qo‘mita xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют