» » “Roma” YChL tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi

“Roma” YChL tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi


6-mart, chorshanba kuni Rimning “Roma” jamoasi  Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining mehmonda kechgan javob uchrashuvida “Portu”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Bellashuvning 26-daqiqasida “Portu” a’zosi Fransisko Soaresh hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib Daniyele de Rossi penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi (1:1). 52-daqiqaga kelib esa Portugaliya klubi hujumchisi Mussa Marega jamoasini oldinga olib chiqdi (2:1).

Qo‘shimcha bo‘limning 117-daqiqasida mezbon jamao a’zosi Aleks Telles penaltidan “Roma” darvozasiga gol uib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa “Roma” safarda kechgan ketma-ket 31 ta o‘yinda o‘z darvozasidan kamida 1 ta gol o‘tkazib yuborgan Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi birinchi klub bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют