» » Navoiyda YPX xodimini urgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Navoiyda YPX xodimini urgan shaxsga sud hukmi o‘qildi


26-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudida sudlanuvchi Sh.Umarovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi matbuot xizmati ma‘lim qildi.

Navoiy viloyat IIB YHXB YPXO 1-safarbarlik guruhi YPX inspektori safdor D.Soliyev Sh.Umarovni 2018-yil 11-noyabr kuni soat 01:30 larda Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli mast holdagi fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga olib kelgan vaqtida unga faol qarshilik ko‘rsatib, buruniga boshi bilan bir marotaba urib, haqoratlagan. Shuningdek, uning xizmat kiyimining chap tomon pogonini uzib tashlagan. Zarafshon shahar sud-tibbiy ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra,Sh.Umarov inspektor D.Soliyevga “yengil tan jarohati” yetkazgan.

Sud sudlanuvchining o‘z aybiga iqrorligini, YPX inspektori D.Soliyevga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati bo‘lmagani, jabrlanuvchidan kechirim so‘ragani, bu qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonda ekanligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют