» » O‘zbekistonda 2021-yilgacha 7 mln aqlli elektr hisoblagich o‘rnatiladi

O‘zbekistonda 2021-yilgacha 7 mln aqlli elektr hisoblagich o‘rnatiladi


“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2019-yil 6-mart kuni “O‘zbekiston Milliy matbuot markazi”da “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “O‘zbekenergo” AJ mutasaddilari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, “O‘zbekenergo” AJ tomonidan 2021-yil yakuniga qadar 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanishi ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasining hamda Qo‘qon, Angren shaharlari “Toshelectroapparat” MChJ XKning elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda Qo‘qon shahrida 53 097 dona va Angren shahrida 42 711 dona “Toshelektroapparat” MChJ XK tomonidan yetkazib berilgan hisoblagichlar o‘rnatildi. Anjumanda 2019—2020-yillarda Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining barcha iste’molchilariga zamonaviy elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, Buxoro shahrida 42 ming dona, Jizzax shahrida 22 ming, hamda Samarqand shaharida 45 mingdan ortiq elektr hisoblagichlar o‘rnatildi. 2019-yil mobaynida Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 1,0 million dona va 2020-yil birinchi yarim yillikda 400 ming dona zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

“Obod qishloq” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatining Manas qo‘rg‘onida 2018-yilda jami 1144 ta iste’molchilarga “Toshelektroapparat” MChJ XK tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatildi.

Shu bilan birga, joriy yilning martidan boshlab, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Elektron Hisoblagich” QK tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi. Joriy yilda Toshkent shahrining barcha tumanlari avtomatlashtirilgan tizimga ulanishi ko‘zda tutilgan.

Quvonarlisi, zamonaviy hisoblagichlarning asosiy qismi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan etkazib berilmoqda. Bu hisoblagichlar avvalgilaridan 20 dan ziyod funksiyalarni bajara olishi bilan farqlanadi.

Iste’molchilar kelgusida elektr ta’minoti korxonasi yoki banklar eshigida uzundan-uzun navbatlarda turmaydi. Elektr hisoblagichlarning ko‘rsatkichlarini suratga olib, Majburiy ijro byurosi (MIB)da nimanidir isbotlashga majbur bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют