» » 2018-yilda butun dunyoda turizm sohasi rekord darajada rivojlandi

2018-yilda butun dunyoda turizm sohasi rekord darajada rivojlandi


Turizm sohasi ulushi 2018-yilda dunyo YAIMning 10,4 foizini tashkil qildi, ushbu sohada o‘sish surati axborot texnologiyalari sohasiga qaraganda 2 baravar yuqori natija ko‘rsatdi. Bu haqda Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi xabar bermoqda, deb yozadi Sputnik.

Jahon turizm qo‘mitasi yillik hisobotiga ko‘ra, 2018-yilda turizm bozorining umumiy qiymati 8,8 trillion dollarni tashkil qildi, sohada so‘nggi 8 yilda to‘xtovsiz o‘sish kuzatilmoqda.

Xususan, 2018-yilda ishlab chiqarish sohasida +4 foiz, turizm sohasida + 3,9 foiz, sog‘liqni saqlash sohasida + 3,1 foiz, axborot texnologiyalarida + 1,7 foiz, moliya xizmatlarida + 1,7 foiz o‘sish kuzatilgan.

Turizm sohasining umumiy daromadidan 71,2 foiz — bu ichki sayyohlar ulushi, qolgani esa — xorijiy sayyohlardan olingan daromadlar. Sohada o‘tgan yil butun dunyo bo‘yicha 318 million kishi ishlagan (har 10 ish o‘rnidan biri) va so‘nggi 20 yilda turizm sohasida 20 foiz yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Hisobotda ma’lum qilinishicha, turizm sohasi kelgusi 10 yil davomida rivojlanishda davom etadi va kelajakda qo‘shimcha 100 million yangi ish o‘rni yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют