» » PFL “Sevinch” ayollar futbol klubiga 200 million so‘m mukofot puli berdi

PFL “Sevinch” ayollar futbol klubiga 200 million so‘m mukofot puli berdi


Professional futbol ligasi tomonidan O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rinni egallagan Qarshining “Sevinch” klubi 200 million so‘m mukofot puli bilan taqdirlandi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

2018-yilgi mavsum avvalida PFL sovrinli o‘rinlarni egallagan futbol klublariga ma’lum miqdorda mukofot pullari va’da qilgandi.

Bungacha Professional futbol ligasi klublar bo‘ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo‘lishiga qarab, rag‘batlantiruvchi mukofot pullarini o‘tkazib borishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zPFL ayollar futbol jamoalarini badal pullaridan ozod qildi. Natijada “Sevinch” 50 million so‘m badal pulini to‘lamaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Professional futbol ligasi O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd so‘m mukofot pulini o‘tkazib bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют