» » Andijonda profilaktika kunida xorijga ishlagani ketganlarning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi

Andijonda profilaktika kunida xorijga ishlagani ketganlarning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi


Andijon viloyati mahallalari, ta’lim muassasalarida profilaktika kuni doirasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan prokuratura, soliq idorasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbirlarda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va omillari atroflicha muhokama etilib, bunday holatlar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Profilaktika tadbirlari doirasida 103 mingdan ortiq xonadon o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida fuqarolarning pasport-viza, doimiy yoki vaqtincha yashash, yong‘in, harakat xavfsizligi tartib-qoidalariga rioya etishi nazoratdan o‘tkazildi.

Mirzohid Ma’mirjonov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi katta inspektori, mayor

Xabar berishlaricha, ichki ishlar idoralari profilaktik hisobida turuvchi shaxslar, xorijga ishlagani ketgan yoki qaytganlar va ularning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют