» » Shveysariyadagi avval narkotrafik bilan shug‘ullanuvchiga qarashli bo‘lgan kafeda ikki kishini otib ketishdi

Shveysariyadagi avval narkotrafik bilan shug‘ullanuvchiga qarashli bo‘lgan kafeda ikki kishini otib ketishdi


Shveysariyaning Bazel shahridagi kafe tashrifchilariga hujum uyushtirilishi natijasida ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohat oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Shveysariya politsiyasining ma’lum qilishicha, 9-mart kuni kechki payt ikki jinoyatchi kafega kirib, tashrif buyurganlarga qarab o‘q uzgan.

Hujumdan maqsad nima bo‘lganligiga hozircha oydinlik kiritilmadi. Hukumat bu terroristik akt ekanligi haqidagi fikrni rad etmoqda.

Voqea sodir bo‘lgan kafe avval narkotrafik bilan shug‘ullanuvchilar bilan bog‘liq bo‘lgani, biroq bir necha yil oldin kafe egalari o‘zgarib, muassasa obro‘si yaxshilangani ma’lum qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют