» » “Arsenal”—“Manchester Yunayted”. APL 30-tur o‘yinlari anonsi

“Arsenal”—“Manchester Yunayted”. APL 30-tur o‘yinlari anonsi


9-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 30-tur bahslariga start beriladi.

Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Londonning “Tottenhem” klubi safarda “Sauthemton”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, Maurisio Pochettino shogirdlari Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Borussiya Dortmund”ni mag‘lub etib, keying bosqichga chiqqandi (umumiy hisob — 4:0).

Shu kuni musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” klubi o‘z maydonida “Uotford”ni sinovdan o‘tkazadi. Bahsga 22:30 da start beriladi.

10-mart, yakshanba kuni 70 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Muhammad Saloh yetakchiligidagi “Liverpul” jamoasi “Enfild” stadionida “Byornli” bilan bahsga kirishadi. O‘yin soat 17:00 da boshlanishi belgilangan.

Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida “Vulverhempton” bilan o‘ynaydi. Bellashuv soat 19:05 da start oladi.

Turning markaziy uchrashuvi “Emireyts”da bo‘lib o‘tadi. Unda Unai Emeri qo‘l ostidagi “Arsenal” klubi Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” jamoasi bilan jang qiladi. To‘qnashuv 21:30 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, Manchester klubi Chempionlar Ligasining nimchorak finalida Parijning PSJ jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keying bosqichga chiqdi.

29-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

30-tur bahslari

9-mart, shanba

10-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 03:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют