» » Timati: Humo Arena‘da yaqin orada konsert beraman (video)

Timati: Humo Arena‘da yaqin orada konsert beraman (video)


Rossiyalik reper Timati o‘zbekistonliklarni Humo Arena muz saroyi ochilishi bilan tabrikladi.

“O‘zbekistonni yangi muz saroyi ochilishi bilan chin ko‘ngildan tabriklayman. Sportda yangi cho‘qqilar, muvaffaqiyatlar tilayman”, — deya ta’kidlagan xonanda videotabrigida.

Shuningdek, Timati mazkur saroyda yaqin orada yakkaxon konsert berishiga umid qilishini bildirgan. Uning o‘tgan yil noyabrida Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tgan konserti shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Humo Arena muz saroyi 15-mart kuni ochilishi rejalashtirilgan. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют