» » Qashqadaryoda pasport olish yoshiga yetgan fuqarolarning qariyb 95 foizi biometrik pasportga ega bo‘ldi

Qashqadaryoda pasport olish yoshiga yetgan fuqarolarning qariyb 95 foizi biometrik pasportga ega bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatida ayni kungacha 2 million 21 ming 504 nafar fuqaro nobiometrik pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirishga ulgurdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat aholisining 94,8 foizi biometrik pasportli bo‘lgan. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Fayoz Qurbonov xabar bermoqda.

Fayoz Qurbonovga ko‘ra, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari nogironligi bo‘lgan yoki jismoniy harakati cheklangan fuqarolarga ham ko‘chma biometrik ma’lumotlarni shakllantirish qurilmasi orqali biometrik pasport berish ishlarini davom ettirmoqda.

“8-mart bayrami munosabati bilan Qarshi shahrining chekka hududlaridagi nogiron va imkoniyati cheklangan keksa yoshli fuqarolar holidan xabar oldik, bayram bilan qutladik, — deydi Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, migratsiya va fuqarolikni ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i Zamira Rustamova. – Joriy yil boshida biomertik pasport olishi lozim bo‘lgan, ammo bo‘limga kelishga imkoniyati bo‘lmagan 300 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ayni kungacha 198 nafariga biometrik pasport berildi”.

Qashqadaryo viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari 8-mart kuni bayrami munosabati bilan Qarshi shahrining “Naqshab” mahallasi, “Gulbog‘” ko‘chasida yashovchi 93 yoshli Nina Dyakonova xonadonida ham bo‘lib, ko‘chma biometrik ma’lumotlarni shakllantirish qurilmasi orqali fuqaro ma’lumotlarini rasmiylashtirishdi.

Mas’ullarning aytishicha, fuqaro haqidagi ma’lumotlar ma’lumotlar rasmiylashtirilib, rasmga tushirilgach biometrik pasport 15 kun ichida fuqaroga yetkazib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют