» » G‘azalkentda 39 yashar ayolni o‘ldirib, uning 15 yoshli o‘g‘liga og‘ir jarohatlar yetkazgan shaxs qo‘lga olindi

G‘azalkentda 39 yashar ayolni o‘ldirib, uning 15 yoshli o‘g‘liga og‘ir jarohatlar yetkazgan shaxs qo‘lga olindi


2019-yil 28-fevral kuni soat 22:40 larda Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Chirchiq ko‘chasi, 34-uyda yashagan, 1980-yilda tug‘ilgan I.U. ism-sharifli ayolning murdasi o‘z yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bundan tashqari, marhumaning 2003-yilda tug‘ilgan farzandi A.U. og‘ir tan jarohatlari bilan topilib, tuman ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 1-mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a,j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

N.A.ga nisbatan 2-mart kuni JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari, 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют