» » 2019-yilgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha tadbirlar boshlandi

2019-yilgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha tadbirlar boshlandi


O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joylarda chaqiruv yoshidagi fuqarolarni milliy armiya saflariga tantanali kuzatish marosimlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali kuzatuvda davlat va jamoatchilik tashkiloti vakillari, Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi ofitserlari, faxriylar, yoshlar va milliy armiyamiz safiga yo‘l olgan yigitlarning ota-onalari ishtirok etdi.

“Esimda, aka-ukalarimiz olis-olis yurtlarga yigitlik burchini o‘tash uchun yuborilar edi. Ular qaytib kelgunlaricha yuragimiz bezillab kutardik. Qanday sharoitda va qanaqa muhitda xizmat qilishi bizga qorong‘u edi. Bugun esa nafaqat farzandlarimiz, balki biz ota-onalar ham milliy armiyamiz haqida yetarlicha tasavvurga egamiz. Ko‘nglimiz to‘q, havotirdan holimiz. Bularning bari armiya va xalqimiz o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam aloqa va iliq munosabatning sharofati”, – deydi chaqiriluvchi Xurshid Ismatillayevning onasi Nargiza Usmonova.

Kuzatuv marosimida so‘zga chiqqan jamoatchilik vakillari, ota-onalar yigitlik burchini o‘tashga otlangan o‘g‘lonlarga sharafli burchiga sodiqlik, chidam, sabr-bardosh va harbiy xizmatda ulkan muvaffaqiyatlar yo‘ldosh bo‘lishini tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют