» » Barselonadagi Butunjahon mobil kongressida taqdim etilgan eng yaxshi smartfon nomi e’lon qilindi

Barselonadagi Butunjahon mobil kongressida taqdim etilgan eng yaxshi smartfon nomi e’lon qilindi


O‘tgan haftada Barselona shahrida mobil texnologiyalar sohasida eng ahamiyatli tadbirlardan biri bo‘lgan Butunjahon mobil kongressi MWC19 yakunlandi. MWC19 kongressida 2400 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi, ko‘rgazma hududi esa 12 gektarni tashkil etdi. GSM assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra 198 ta davlatdan 109 000 dan ortiq kishi tadbirga tashrif buyurdi. Ishtirokchilarning 55 foizi yuqori lavozimdagi shaxslardir, jumladan ularning 7900 tasi kompaniya va korxonalar direktorlari sanaladi. 3640 ta xalqaro OAV vakillari va analitiklari tadbirning asosiy voqealarini yoritib borishdi.

Huawei kompaniyasi mobil kongressning doimiy ishtirokchisi sanaladi va ko‘rgazmada o‘zining yechimlari va mahsulotlarini taqdim etib bormoqda. Joriy yilda kompaniya tomonidan bir qator sammit va konferensiyalar o‘tkazildi va 5G, sun’iy intellekt, bulut texnologiyalari, buyumlar interneti sohalarida ilg‘or yechimlar taklif qilindi.

Butunjahon mobil kongressiga O‘zbekiston Respublikasidan ham delegatsiya tashrif buyurdi, ushbu delegatsiya tarkibida vazirlar mahkamasi departamenti, AKT vazirligi, Digital trust fondi, Mirzo-Ulug‘bek innovatsion markazi va Rivojlanish strategiyasi markazi hamda bir qator mobil operatorlar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida delegatlar va Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Xou Tao o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida delegatsiya vakillariga O‘zbekistonning raqamli o‘zgarishi bo‘yicha Huawei kompaniyasining ko‘zlovi tanishtirildi, O‘zbekistonning AKT infratuzilmasini yaxshilash, mamlakatni tarmoq bilan to‘liq qoplashda to‘siqlarni kamaytirish masalalari, shuningdek “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish, davlatning boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun 5G kabi eng yangi texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

MWC19 natijalariga ko‘ra Huawei kompaniyasi bir qator GLOMO (Global Mobile Award) mukofotlariga sazovor bo‘ldi, jumladan:

- 5G tarmoqni tezkor kengaytirish imkonini beruvchi 5G RAN texnologiyalar uchun “Mobil texnologiyalar sohasida eng katta muvaffaqiyat”.

- “Iste’molchilar uchun eng yaxshi mobil aloqa operatori”, Shveysariyada Sunrise va Huawei kompaniyalari tomonidan yaratilgan tijoriy va ijtimoiy qadriyatni tan olinganlik belgisi sifatida sifatida barqaror simsiz Sunrise 5G (FWA) tarmoqdan foydalana olish xizmatlari uchun shveysar operatori Sunrise va Huawei kompaniyalariga berilgan.

- Huawei C-V2X (Cellular-V2X) kompleks tijoriy yechimi uchun “Avtomobil sanoatida eng yaxshi mobil texnologiya”, ushbu yechimda transport oqimini boshqarishni takomillashtirish, tirbandlikni kamaytirish, barcha uchun yo‘lning yanada xavfsiz bo‘lishiga imkon beruvchi avtomobillar, svetoforlar, kameralar, tezlikni cheklash belgilari kabi yo‘l harakatining turli belgilari birlashtirilgan.

- “Aqlli shahar uchun eng yaxshi mobil innovatsiya”, aqlli shahar qurishdagi xizmatlari uchun Gaochin okrugi hukumati, Xitoy va Huawei kompaniyasiga berilgan.

HUAWEI Mate 20 Pro versiyasi bo‘yicha eng yaxshi smartfonga aylandi, yaqindagina taqdim etilgan HUAWEI Mate X esa mexanik Falcon Wing sharniri, 5G tarmoqlarda ilg‘or kommunikatsion imkoniyatlari, innovatsion interfeys va HUAWEI Super-Charge texnologiyasi uchun MWC19 kongressida yang yaxshi ulangan qurilma bo‘ldi. Hakamlar tomonidan HUAWEI Mate X mobil aloqalarning yangi davriga yaqinlashtiruvchi qurilmalar safiga kiritilib, bunday gadjetlar orasida u eng innovatsion ruhda ekanligi ta’kidlandi.

GSM assotsiatsiyasi mobil ekotizimi mahsulotlari, jumladan smartfonlar, dasturiy ta’minot, uskunalar, internet provayderlarini taqdim etuvchi 750 tadan ortiq operator va deyarli 400 ta kompaniyalar, shuningdek bozorning aralash sohalaridan tashkilotlarni birlashtiruvchi mobil aloqa bozori ishtirokchilari manfaatlarini ifodalaydi. Bundan tashqari, GSMA katta sohaviy tadbirlar - har yili Barselona, Los-Anjelos va Shanxayda o‘tkaziladigan Mobile World Congress ko‘rgazmasi, shuningdek Mobile 360 mintaqaviy konferensiyalar seriyalarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют