» » Malayziya Kim Chon Namning jasadi borasida bir qarorga kela olmayapti

Malayziya Kim Chon Namning jasadi borasida bir qarorga kela olmayapti


Malayziya hukumati KXDR rahbari Kim Chen Inning 13-fevralda o‘ldirilgan akasi Kim Chon Namning jasadini nima qilish borasida hali bir qarorga kelgani yo‘q. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hilmi Yahyoning bayonotiga asoslanib, “Gazeta.ru” ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, 10-martda politsiya sud-tibbiy ekspertizani tugatgan va jasadni sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga topshirgan.

Ta’kidlanishicha, mamlakat qonunchiligi bo‘yicha, jasadni topshirish muddati chegaralanmagan. Bunda jasad faqat yaqin qarindoshlarga topshiriladi.

“Vaziyatni hisobga olgan holda, qaror qabul qilish uchun vaqt kerak”, — dedi malayziyalik mansabdor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют