» » Tesla rahbari elektr stansiyasini 100 kunda qura olmasa, uni Avstraliya hukumatiga bepul topshirishga va’da berdi

Tesla rahbari elektr stansiyasini 100 kunda qura olmasa, uni Avstraliya hukumatiga bepul topshirishga va’da berdi


Tesla va SpaceX kompaniyasi rahbari Elon Mask Janubiy Avstraliya shtatidagi energiya ta’minoti muammosini energiyani tejovchi akkumlyator tizimini qurish orqali hal qilishga va’da berdi.

Tadbirkorning ma’lum qilishicha, agar ishni 100 kun ichida tugata olmasa, obyektni davlatga bepul topshiradi. Bu haqda The Guardian nashriga asoslanib, “Vc.ru” xabar berdi.

Gap quvvati 100 megavatt/soat bo‘lgan batareyali tizimning qurilishi haqida bormoqda.

9-martda Tesla’ning vitse-prezidenti Lindon Riv kompaniya shtatdagi energiya ta’minotidagi uzilishlarni hal qilishga imkon beruvchi 100—300 megavatt/soat quvvatli batareyalarni ishga tushirishi mumkinligini ma’lum qildi.

Janubiy Avstraliyada elektr tizimida avvalroq yuz bergan nosozliklar ta’minotdagi doimiy uzilishlar va narx o‘zgarishlariga sabab bo‘ldi. Riv esa kompaniya yangi tizimni 100 kun ichida tayyorlashi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng avstraliyalik milliarder, Atlassian kompaniyasining bosh direktori Mayk Kennon Bruks Elon Maskdan Twitter orqali Tesla’ning bayonoti qanchalik jiddiy ekani haqida so‘radi.

Mask uning kompaniyasi tizimni shartnoma imzolanganidan boshlab 100 kun ichida ishga tushirishi, agar tizim o‘z muddatida ishga tushmasa, obyekt shtat rahbariyatiga bepul topshirilishini ma’lum qildi.

2016-yilda Tesla quvvati 90 megavatt/soat batareyali xuddi shunday tizimni Kaliforniyada 90 kun ichida ishga tushirgan edi. Uning qiymati 100 million dollarni tashkil qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют