» » Mingdan ortiq muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli kredit oladigan bo‘ldi

Mingdan ortiq muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli kredit oladigan bo‘ldi


Vazirlir Mahkamasi tomonidan 2018-yilning 6-iyunida “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida oldin xabar berilgan edi. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan 2018—2019-yillarda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan jami 1239 nafar askarga imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Kecha, 9-mart kuni Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlardan birida dastlabki 59 nafar muddatli harbiy xizmatchiga imtiyozli kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istagan askarlar uchun ajratilgan kredit mablag‘larining qiymati hozirda 23,5 milliard so‘mdan ortiqroqni tashkil etmoqda.

Muddatli harbiy xizmatchilarga tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha imtiyozli kreditlar ular orasidan saralab olingan eng faol va bilimlilariga topshirilmoqda. Saralash ikki bosqichda olib borildi — test va insho ko‘rinishida.

Joylardagi Aksiyadorlik tijorat “O‘zsanoatqurilishbank” va AT “Xalq banki” tomonidan o‘tkazilgan test sinovi va insho bo‘yicha yuqori ball (12 balldan yuqori) to‘plagan muddatli harbiy xizmatchilar bilan o‘tkaziladigan yakuniy suhbatdan so‘ng, tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirishga sertifikatlar berish uchun harbiy qism komandiriga taqdimnomalar kiritiladi.

Taqdimnomalar harbiy qismlardan Mudofaa vazirligiga yuboriladi. Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatchilarga tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha imtiyozli kreditlar uchun sertifikatlarni berish masalasini ko‘rib chiqish komissiyasi tomonidan namuna bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli kreditlarga sertifikatlar berish uchun harbiy qism komandiriga kiritilgan taqdimnomalar o‘rganib chiqiladi. Komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va bayonnoma nusxalarini harbiy qism qo‘mondonliklariga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga yuboriladi.

Ta’kidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi hamda O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi 2018-yil 16-oktabr kuni imzolangan qo‘shma qaror yuzasidan muddatli harbiy xizmatchilar bilan tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun kreditlar olish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar joylarda muntazam olib borildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют