» » Yaponiyalik Kane Tanaka sayyoradagi eng keksa odam sifatida rasman tan olindi

Yaponiyalik Kane Tanaka sayyoradagi eng keksa odam sifatida rasman tan olindi


Yaponiyalik Kane Tanaka sayyoradagi eng keksa odam sifatida rasman tan olindi. U 116 yosh-u 66 kunlik. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

U Fukuoka shahridagi qariyalar uyida yashaydi. 9-mart kuni u yerda Kanega ushbu unvon berilgani munosabati bilan rasmiy marosim bo‘lib o‘tgan. Kane bu uning hayotidagi eng baxtli lahzalar ekanini aytgan.

Tanaka 1903-yil 2-yanvarda tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan. Urushdan oldin eri bilan birga do‘kon ochgan. U butun umri davomida o‘sha do‘konda guruchdan yopilgan non sotgan. 1970-yil nafaqaga chiqqach, Tanaka bir necha marta AQShga sayohat qilgan.

2005-yildan beri u Fukuokedagi qariyalar uyida yashaydi. Tanaka har kuni barvaqt turadi, stol o‘yinlarini o‘ynashni yaxshi ko‘radi. O‘zini shirinlik bilan mehmon qiladi. 103 yoshida u saraton o‘simtasi sabab operatsiyani boshdan kechirgan. Shundan keyin qayta uni hech ir kasallik bezovta qilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют