» » Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi

Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi


Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “PIA Novosti” xabar bermoqda.

Havo kemasi 10-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 10.38 da Addis-Abebedagi Bole xalqaro aeroportidan parvoz qilgan. Oradan 6 daqiqa o‘tib ekipaj bilan aloqa yo‘qolgan.

Fojia Debre-Zayd shahri yaqinida ro‘y bergani, samolyot bortida 149 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani bildirilmoqda.

Qurbonlar yoki omon qolganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют